Tadbirda Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg shahridagi vakolatxonasi, oʻzbek diasporasi vakillari, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari va talabalar ishtirok etdi.
Koʻtarinki ruhda oʻtkazilgan tadbirda Navroʻz – umumxalq bayramining mazmun-mohiyati, ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasini yana-da rivojlantirish, pandemiya sharoitida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb etish, ushbu mamlakatda boʻlib turgan fuqarolarimizning mehnat va boshqa huquqlarini himoya qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish haqida soʻz yuritildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.