Maqsad Ural federal okrugida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz farzandlarini O‘zbekistonga, o‘zbek tili va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda milliy tariximiz va  madaniyatimizni keng targ‘ib etishdan iborat.

«Yakshanba maktabi»da bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish uchun pedagog  Nozima Yo‘ldosheva jalb qilindi.

Birinchi tanishuv darsida o‘zbek tili tarixi, O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan olim va mutafakkirlar haqidagi maʼlumotlar haqida so‘zlab berildi.

Navbatdagi darslarda qatshanish istagini bildirayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Bosh konsullik o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan barcha bolalarni «Yakshanba  maktabi»ga  joylashtirish imkoniyatlarini ishlab chiqmoqda.