Ushbu holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.

O‘rganish davomida Qiziltepa tumani “Yashnobod” MFY hududida joylashgan “Sarmazortrans” MCHJga qarashli asfalt ishlab chiqarish korxonasi ekologik talablarni buzganlik holatda faoliyat olib borilayotgani aniqlandi.

Korxona tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonun talablarini buzib, ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasisiz, havoni ifloslantiruvchi moddalarni ushlab qoladigan chang gaz tozalash uskunasidan foydalanmagan holda faoliyat yuritganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat mas’uliga tegishli chora belgilanib, kamchiliklarni bartaraf etguniga qadar vaqtinchalik, 10 kun muddatga korxona to‘xtatildi.