Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Narzulla Oblomurodov va Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi oʻrinbosari Xolmurod Salimov hamda OAV vakillari, Ekologiya qoʻmitasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tanlovda birinchi oʻrin “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi xodimi Abdurauf Qorjovovga nasib qilgan boʻlsa, ikkinchi oʻringa OʻzAning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha muxbiri Yesimxon Qanoatov va erkin jurnalist Azamat Suyunovlar munosib topildi. Uchinchi oʻrin bilan esa “Mahalla” gazetasi bosh muharrir oʻrinbosari Rustam Yusupov hamda “Xalq soʻzi” veb sayti muxbiri Yulduz Oʻrmonovalar taqdirlandi.

Shuningdek, ekologiya mavzusida qiziqarli maqolalar yozgan qator jurnalistlar ragʻbatlantiruvchi oʻrinlar bilan mukofotlandi. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻqituvchisi Sanobar Jumanova, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bosh mutaxassisi Baxrom Esonov, “Muzaffar.uz” sayti muxbiri Xonbuvi Mahamova, “Hurriyat” gazetasi muxbiri Abdulaziz Ahmedovlar shular jumlasidandir.

Tanlov gʻolib va sovrindorlari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlandi:

– 1-oʻrin (1 ta) – televizor;

– 2-oʻrin (2 ta) – planshet;

– 3-oʻrin (2 ta) – smartfon.