Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi. raisi N. Oblomuradovning Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazning (MOMEM) ijrochi direktori Z. Maxmudov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi N. Oblomuradov Prezident tomonidan soʻnggi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha tashabbuslar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish boʻyicha keng koʻlamli tadbirlar hamda xalqaro loyihalar toʻgʻrisida soʻz yuritdi, deb xabar beradi Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati.
Oʻz navbatida MOMEM ijrochi direktori Z.Maxmudov ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho bergan holda MOMEM ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada jadallashtirish, qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirlishida texnik koʻmak, ekologiya sohasidagi mutaxassislarni salohiyatini oshirish boʻyicha tadbirlar, qoʻshma ilmiy izlanishlar olib borish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Ikkitomonlama aloqalarning istiqboliga bagʻishlangan muzokaralar davomida xalqaro doirada tashkil etilayotgan ekologik tadbirlarda Oʻzbekiston tomoni ishtiroki MOMEM tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi. Xususan Z. Maxmudov Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining joriy yilning noyabr oyida Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisida Hadli konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 27-chi yigʻilishida (COP27) faol ishtirok etishga chaqirdi. Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Markaziy Osiyo konferensiyasi joriy yil Dushanbe shahrida tashkil etilishi haqida soʻz bordi. Unda Davlat ekologiya qoʻmitasi vakillarining ishtirok etishini taklif qildi.
Tadbirda, shuningdek, ekologiya va atrof-muhit sohasida “Qizil kitob”, bolalarning ekologik madaniyatini oshiruvchi va boshqa ilmiy nashrlar tayyorlashda hamkorlik xususida fikrlashildi.