Ekologiya vazirligiga “Mening bogʻim” loyihasini ishga tushirish topshirildi

    Bahor mavsumida mahallalarda va koʻp qavatli uylar atrofida, yoʻllar va kanallar boʻyidagi yerlarga daraxt ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.

    Poytaxtda amal qilayotgan yirik qurilish loyihalarida maydonning kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyati barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.

    Ekologiya vazirligiga “Mening bogʻim” loyihasini ishga tushirish topshirildi. Bunga byudjetda nazarda tutilgan 50 milliard soʻm ajratiladi. Joylarda 444 ta yashil bogʻ va 160 ta jamoat parklarini tashkil qilishga koʻrsatma berildi.