Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi Vasiliy Bogoyavlenskiy ma'lum qildi.

Turkiyaning Koniya viloyatidagi Karapinar aholi punktidan uncha uzoq bo'lmagan joyda zilzilalardan so'ng chuqurligi deyarli 15 metr va diametri 100 metr bo'lgan o'ra topildi. Uning shakllanishida zilzilaning to'g'ridan-to'g'ri bog'liqligini aniqlashning imkoni bo'lmadi.

“Ehtimol, biz ko'rayotgan narsa kuchli zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yer yuzasiga yaqin bo'lgan sayoz karst (bundan ham chuqurlari bor). Yer silkinishlari o'raning paydo bo'lishida shunchaki turtki bo'ldi, ammo bu uning asosiy sababi emas edi”, deb tushuntirdi olim.

Eslatib o'tamiz, 6-fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita zilzila sodir bo'lgan edi. Keyinchalik yangi silkinishlar yuzaga kelgandi, deb xabar beradi aif.ru.