Joriy yil 22-iyunda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan Ekspertlar guruhining yigʻilishida mazkur Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Unda senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining Qonuniylikni taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashish doimiy komissiyalari aʼzolari, ekspertlar, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, vijdon erkinligi kafolatlarini kuchaytirish, har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqini taʼminlashning qonuniy mexanizmlarini mustahkamlash, shuningdek, davlatning din ishlari boʻyicha siyosatini takomillashtirishdan iborat.

Ushbu Qonunning hozirgi kunda dolzarbligi, oʻtgan davr mobaynida fuqarolarning diniy eʼtiqodini amalga oshirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish, diniy taʼlim olishni va diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishini taʼminlash, dinlararo va millatlararo nizolarni kelib chiqishini oldini olishga xizmat qiladi.

Taʼkidlanishicha, mazkur Qonun bilan inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy sohada umumeʼtirof etilgan huquq va erkinliklarni va bevosita Oʻzbekiston sharoitida dinlararo munosabatlarni shakllanishining tarixiy sharoitlarini oʻz ichiga olganligini, ushbu omillarni inobatga olmay turib mamlakatimizda yashovchi millatlar va elatlar oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik munosabatlarining muvozanatini saqlab qolish, ularning turli diniy eʼtiqodlari va his-tuygʻularini hurmat qilishni taʼminlashning imkoni yaratiladi.

Ekspertlar guruhi tomonidan yigʻilishida mazkur Qonun yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.