Taʼkidlash joizki, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 12,1 milliard dollarga yetib, 2022-yilning iyun oyiga nisbatan 23 foizga oʻsdi. 

Eksport tarkibida tovarlar 9,8 milliard dollarni, xizmatlar esa 2,3 milliard dollarni tashkil etdi.

Importimiz hajmi esa 17 milliard dollarga yetgani xolda, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga koʻpaydi. Jumladan, iyun oyida 16 milliard dollarlik tovarlar hamda 1 milliard dollarlik xizmatlar import qilindi.