Batalyon jangovar shayligini yuqori darajaga keltirish, belgilangan hududga marsh yurishini amalga oshirish, qoʻriqlovni tashkil etish va javobgarlik hududini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan oʻquvlar shartli “Trevoga!” signalidan boshlandi.
Qisqa vaqt ichida harbiy qismga yetib kelgan shaxsiy tarkib qurol-aslaha, jangovar va harbiy texnikalarni qoʻllashga shay holatga keltirishdi.
Batalyon taktik guruhi tarkibida oʻquvda ishtirok etgan shaxsiy tarkib bir necha kun davom etgan mashgʻulotlarda havo haroratining ekstremal past sharoitida ham qoʻshinlarning maxsus harakatini amalda namoyish eta oldi.
Mazkur oʻquvlarda 50 ga yaqin tank, jangovar va harbiy texnikalar qatnashdi. Mashgʻulot yakunida shaxsiy tarkib texnikalarda kolonna boʻlib doimiy turish joyiga qaytarildi.