Bu haqda Ecuavisa telekanali mahalliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Unga ko'ra, 17 kishi bedarak yo'qoldi, 10 kishi kasalxonaga yotqizilli. Qutqaruvchilar hududni tozalashda davom etmoqda.

16-iyun kuni mashhur sayyohlik shaharchasi Banos yaqinida joylashgan El-Plaser qishlog'iga sel keldi. Rasmiylarning ma'lumotlariga ko'ra, sel va suv toshqiga sabab bo'lgan yog'ingarchilik tufayli mamlakatning 24 viloyatidan 10 tasi zarar ko'rdi, deb xabar beradi report.az.