Voqea joyida jasadlarni qidirish davom etmoqda, dedi mamlakat bosh prokuraturasi. Kamida 38 kishi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida. Hozirgacha vayronalar ostida kamida 57 uy bor.
Koʻchki 27-martga oʻtar kechasi yuz bergandi. Tabiiy ofat hududida jami 500 nafardan ortiq odam boʻlgan. 163 ta uy vayron boʻlgan yoki ularga zarar yetgan. Fojiadan bir oy oldin mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Alausi hududida togʻ jinslari koʻchishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.