Italiyaning “Atalanta” klubi Yevropa Ligasi chorak finalining birinchi oʻyinida Germaniyaning “Leypsig” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynab, keyingi bosqichga chiqishga yaqin turgan edi. Ammo italiyaliklar oʻz maydonida kutilmaganda nemis jamoasiga 0:2 hisobida yutqazib qoʻydi. Shunday qilib, “Leypsig” keyingi bosqichga yoʻl oldi. Nemis futbolchilari yarim finalda chorak finalda “Braga”ni yenggan Glazgo shahrining “Reynjers” klubi bilan uchrashadi.
Ispaniyada ham kutilmagan hisob qayd etildi. Safarda durang oʻynagan “Barselona” oʻz uyida “Ayntraxt”ga yutqazib, turnirni tark etdi. “Vest Hem” mehmonda “Lion” darvozasiga javobsiz 3ta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi.
Yarim finalda “Vest Hem” “Ayntraxt” bilan toʻqnash kelsa, “Reynjers” “Leypsig”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuvlar 28-aprel va 5-may kunlari boʻlib oʻtadi.