"El-yurt umidi” jamg'armasi 2021-2022 o'quv yili uchun nufuzli xorijiy davlatlarda:

- bakalavriat ta'lim dasturi uchun 69 o'rin;

- magistratura ta'lim dasturi uchun 112 o'rin;

- doktorantura ta'lim dasturi uchun 91 o'rin; 

-jami 272 o'rin stipendiyalar ajratishini ma'lum qiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2021 yil 20 iyuldan – 20 avgustga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2021 yil 20 avgustdan – 20 sentyabrga qadar davom etadi.

Saralash tanloviga oid barcha ma'lumotlar “Еl-yurt umidi” jamg'armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e'lon qilib boriladi.