Kuni kecha “Elbekning gʻururi” hujjatli filmi suratga olindi. Unda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida para yengil atletikasining F12 klassida yadro uloqtirish boʻyicha erkaklar oʻrtasida final bellashuvida bronza medaliga sazovor boʻlgan Elbek Sultonov haqida hikoya qilinadi. Elbek Sultonov bellashuvda 15,94 metr natijani qayd etgan.
Ssenariy mualliflari Muyassar Maqsudova, Doniyor Abbasov, rejissyor Muyassar Maqsudova, operator Seyran Kovalov, montajyor Doniyor Abbasov, kartina direktori Polina Yermakova, badiiy rahbar Bahodir Odilov.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati