Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rim klubida oʻtgan oyning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Shomurodov soʻrovnomada Kristante, Ndika, Soule va Svilarni ortda qoldirdi.
Tajribali hujumchi yakunlangan oyda 4 oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Maʼlumot uchun, 29 yoshli futbolchi fevral oyida ham eng yaxshi deb topilgan edi.









