Endi esa bu xabar haqiqatga aylanish arafasida. Gap shundaki, rimliklar oʻz jamoasiga eronlik futbolchi Sardor Ozmunni qoʻshib olmoqchi edi. Ammo Ozmun Bundesligada oʻynaydigan boʻldi.

Italiyalik jurnalist va futbol insayderi Nikolo Skiraning maʼlum qilishicha, “Jenoa” va “Roma” Eldor Shomurodov transferi masalasida kelishuvga erishgan. Uning taʼkidlashicha, Eldor “Roma”ga ijara asosida oʻtadi. Rimliklarda futbolchini 16 mln yevro evaziga sotib olish huquqi boʻladi. “Jenoa” esa oʻzbekistonlik hujumchining keyingi transferidan maʼlum miqdorda ulush oladi. Bu ham shartnomada koʻrsatib oʻtilgan.

“Shomurodov “Roma” bilan 2026-yilga qadar moʻljallangan shartnomaga imzo chekadi”, – deb yozdi Skira.