Mutaxassislar “Napoli” – “Roma” bahsini Italiya chempionatining 33-turidan oʻrin olgan markaziy oʻyin deb hisoblashgandi. Haqiqatan ham, match kutilganidek keskin kurashlar ostida oʻtdi. Uchrashuvning 11 daqiqasida Insinye penaltidan gol urib, “Napoli”ni oldingi olib chiqdi. Ammo uchrashuvga qoʻshib berilgan vaqtning birinchi daqiqasida Ash-Shaaravi hisobni tengashtirdi.
Afsuski Oʻzbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bu safar ham zaxirada qoldi.
Ushbu durangdan soʻng magʻlubiyatsiz oʻyinlar seriyasini 12 oʻyinga yetkazgan rimliklar 58 ochko bilan 5-pogʻonadan joy olib turibdi.