Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer jazoga tortildi

    Oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulangan fermer xoʻjaligi 145,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

    Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati maʼlum qildi.

    Inspeksiyaning Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida “D.N.” fermer xoʻjaligi masʼullari Karmana tumanida joylashgan ekin maydonini sugʻorish uchun oʻrnatilgan suv nasosi shartnomasiz tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib olgani maʼlum boʻldi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, elektr taʼminoti korxonasi manfaatiga 145,3 mln soʻmlik zarar yetkazgan.

    Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.