Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan shaxslar ushlandi

    Jizzaxda 745,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan fermer xoʻjaliklari aniqlandi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “М.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻllar bilan tarmoqqa ulab, jami 745,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

    Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.