Departamentning Toʻrtkoʻl tumani boʻlimi tomonidan “Z.T.” xususiy korxonasi va “Ch.Z.” oilaviy korxonasida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Korxona masʼullari fuqaro A.A.ga tegishli Nukus koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 1,5 mlrd soʻmlik elektr energiyasini isteʼmol qilgan.
Shu kabi holat Departamentning Olmazor tumani boʻlimi va Toshkent shahar ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlandi.
uqaro J.M. “Xonchorbogʻ” MFY hududidagi xonadonida ishlab chiqarish sexi tashkil etib, tijorat maqsadida 4 dona elektr pechlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 567,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.