Taʼkidlanishicha, Samarqand viloyatining elektr energiyasidan qarzdorligi 646 milliard soʻmni tashkil qilmoqda. Shundan aholi qarzdorligi 553 millard soʻmni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 va 3-oʻrindarda Navoiy viloyati, qarz summasi 410 milliard, Andijon viloyati, qarz summasi 273 milliard soʻmni tashkil etmoqda, shundan 247 millardi aholining qarzdorligiga toʻgʻri kelmoqda.
Anjumanda Oʻzbekistonda elektr energiyasi uchun 3 yildan buyon toʻlovni amalga oshirmagan isteʼmolchilar borligi ham aytildi. 283 ming 489 nafar isteʼmolchi 3 yildan buyon umuman elektr energiyasi uchun toʻlovni amalga oshirmagan. Shulardan Samarqand viloyatida 46 158 nafarni, Toshkent viloyatida 45 685 nafarni, Fargʻona viloyatida 28 770 nafarni, Andijon viloyatida 26 867 nafarni tashkil qilgan.
Isteʼmolchilarning qarzdorligi boʻyicha oʻtkazilgan tahlillarga koʻra, bugungi kunda respublikada:
- 1 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha boʻlgan qarzdorlar - 157 839 nafarni;
- 3 mln soʻmdan -5 mln soʻmgacha boʻlgan qarzdolar - 14 890 nafarni;
- 10 mln soʻmdan yuqori boʻlgan qarzdorlar 5499 nafarni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda Respublikada aholining elektr energiyasidan qarzdorligi 2,4 trilliondan oshgan.