Murojaatda Nukus shahar elektr taʼminoti korxonasi injeneri tomonidan qonunga xilof ravishda ishchi xodimlarning har biri 360 kilogramdan qora metall va 15 kilogramdan rangli metall olib kelishga yoki metallom oʻrniga 250 ming soʻmdan pul yigʻib berishga majburlanayotgani maʼlum qilinib, ushbu mansabdor shaxsning xatti-harakatiga qonuniy baho berilishi va tegishli tartibda chora koʻrilishida amaliy yordam soʻralgandi.

Shunga koʻra, joriy yil 5-may kuni murojaatda keltirilgan holatlarni toʻliq va xolisona oʻrganish yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga soʻrovnoma yuborildi.

Mazkur soʻrovnomaga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yil 6-may kuni Nukus shahar elektr taʼminoti korxonasi injeneriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Xizmat tekshiruvi natijasida murojaatda koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topdi. Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qonuniy baho berish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasiga yuborildi.