Bu haqida “Oʻzbekiston MET” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda. Bu mavjud umumiy quvvat koʻrsatkichlariga olti oy ichida yana 631 MVA quvvat qoʻshildi, degani.

— Bu raqamlar yuqori kuchlanishli podstansiya va tarmoqlarda birorta muammo va kamchiliklar qolmadi, degani emas, — deydi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Ulugʻbek Urunov. — Yildan-yilga, mavsumdan-mavsumga oshib borayotgan ehtiyojni qoplash uchun hali koʻplab elektr qurilma va jihozlar yangilanishi, muhimi toʻgʻri ekspluatatsiya etilishi, zamonaviy, ixcham, raqamli texnologiyalar asosida ishlaydiganlariga almashtirilishi lozim.

Taʼkidlash joiz, qariyb chorak asr davomida deyarli yangilanmagan yuqori kuchlanishli elektr uskunalari oxirgi 4-5 yilda, investitsion loyihalar doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan yangilanib, yangi-yangi elektr obyektlari qurilmoqda.

Mutasaddilar aholini elektr taʼminotidan rozi qilib, yirik sanoat korxonalaridan tortib oʻrta va kichik biznes korxonalari rivoji uchun toʻliq elektr taʼminoti yaratishni maqsad qilgan.

Feruza Joʻrayeva