Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi, Paxtaobod va Boʻston tumani boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “F.J.”, “U.K.” va “A.g.” MCHJ rahbarlari ichimlik suvi inshootini hamda turar-joy binosini qurishda elektr tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 271,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sherobod tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, tuman Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi va Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari “Choʻmichli” va “Bahor” mahallasidagi koʻcha chiroqlarini ETK korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 245,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan..
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.