Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

    Sirdaryo tumani “Taraqqiyot” MFYdagi ushbu MCHJga qarashli qum-shagʻal qazib olish karyeriga ulangan transformatorning elektron hisoblash priboriga tashqi taʼsir koʻrsatib, 1,1 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.T.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar Sirdaryo tumani “Taraqqiyot” MFYdagi ushbu MCHJga qarashli qum-shagʻal qazib olish karyeriga ulangan transformatorning elektron hisoblash priboriga tashqi taʼsir koʻrsatib, 1,1 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.

    Shu kabi, Departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.b.” MCHJ rahbari B.Yu. MCHJ yer maydonini sugʻorish uchun umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga suv nasosini oʻzboshimchalik bilan ulab, 578,1 ming kVt/s elektr elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

    Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 785,1 mln soʻm zarar yetkazilgan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.