Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tadbirda fuqaro Sh.S.tomonidan elektr toki yordamida 22 dona baliqni noqonuniy tarzda ovlanganligi aniqlandi.
Baliqlarni turiga aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutiga baliqlardan namunalar yuborilganda kumush tovon turiga mansubligi toʻgʻrisida ilmiy xulosa berildi.
Huquqbuzarga tegishli boʻlgan 1 dona rezina qayiq, 2 dona eshkak, 1 dona “JAZ“ rusumdagi yengil avtotransport vositalari uchun moʻljallangan akkumulyator, 1 dona elektr kuchlanishni oshirib beruvchi maxsus apparat boshqarma omborxonasiga vaqtincha saqlab turish uchun joylashtirildi.
Huquqbuzarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-fevraldagi 80-son qarori 4-sonli ilovasiga asosan hisob-kitob qilinganda tabiatga 165.000.000 soʻm miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi.
Toʻplangan hujjatlarga huquqiy baho berish maqsadida Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.









