Molekulyar biolog Jinbo Xuang boshchiligidagi jamoa DART deb nomlanuvchi batareya bilan ishlaydigan interfeysni yaratdi, bu elektr toki yordamida oʻziga xos gen reaksiyalarini ishga tushiradi.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, inson DNKʻsi genlarni dasturlovchi qurilmalar orqali boshqarilishi mumkin. Buning uchun tadqiqotchilar koʻngilli odamga elektr tokini yubordi va unda koʻproq insulin ishlab chiqaradigan hujayralarni muvaffaqiyatli ishga tushirdi.
Shuningdek, tadqiqotchilar sichqonlar ustida ham sinov oʻtkazdi. Bunda ular insulin dozasini tartibga solishda ishtirok etuvchi aniq genlarni uygʻotish uchun elektr stimulyatorli akupunktura ignalaridan foydalanishdi. Natijada sichqonlarning qonidagi glyukoza konsentratsiyasi normal darajaga qaytdi.
Olimlarning taxminlariga koʻra, bu usuldan foydalanib tibbiyot sohasida bir qator yangilanishlar qilinishi mumkin. Jumladan, qandli diabet kasali bilan ogʻriganlarda ishlab chiqariladigan insulin miqdorini oshirish mumkin.