6-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tumani Durmon yoʻli - Gʻazalkent koʻchalari kesishgan chorrahasida, 1958-yilda tugʻilgan L.S. boshqaruvida boʻlgan elektrobus hamda Y.F. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasi ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH oqibatida Cobalt avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining saʼyi-harakatlariga qaramasdan Y.F. vafot etgan.
Shuningdek Cobalt avtomashinasining 1 nafar yoʻlovchisi ham olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonaga yotqizilgan, hozirda shifokorlar nazoratida.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov davom etmoqda.