Ushbu tartib elektrodvigateli quvvati 4 kVt ga teng boʻlgan, harakatlanish tezligi 40 km/soatdan ortiq boʻlgan transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur shakldagi davlat raqamlarini joriy yilning 1-noyabriga qadar bepul olish mumkin.
“PlugShare” maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda mamlakatimizda elektromobillarni quvvatlashga xizmat qiladigan 25 ta stansiya faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻtgan yilda ularning soni atigi 3 ta edi.
Oʻrni kelganda aytish joiz, 2019-yildan eʼtiboran joriy etilgan tartibga koʻra mamlakatimizga olib kelingan elektromobillar uchun boj va aksiz toʻlovini amalga oshirish talab etilmaydi.