▪️ IT-tahlil mutaxassisi

Nomzodlarga asosiy talablar:

  1. Axborot texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlish.
  2. “Elektron hukumat” sohasida nazariy va amaliy bilimlar (IT-loyihalarni muvofiqlashtirish, Axborot tizimlari, ularni integratsiyalash, unifikatsiya qilish, maʼlumotlar bazalari, API, YAIDXP bilan ishlash va boshqalar).
  3. Aʼlo darajadagi yozma va ogʻzaki savodxonlik (oʻzbek, rus tillari. Ingliz tilini biladigan nomzodlar ijobiy baholanadi).
  4. Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint v.b.) dasturlarini mukammal bilish.
  5. Veb-texnologiyalarda ishlash (HTML, CSS, CMS, CRUD, REST, API, Client-server haqidagi nazariy bilimlarga ega boʻlish);
  6. Halolllik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan bilan yondashish.
  7. Professional etiket, atrofdagilarga, shuningdek, hamkasblarga xurmat bilan munosabatda boʻlish, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega boʻlish.
  8. Muomala madaniyati, oʻz fikri va mulohazalarini ifodalay olish, shuningdek, muzokara olib borish qobiliyatiga ega boʻlish.
  9. Muammolar yechimi boʻyicha tezkor fikrlash va oʻz takliflarini taqdim qila olish.
  10. Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor boʻlish va ular boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.

Asosiy vazifalar:

▪️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari loyihalari monitoringni olib borish va hisobotlarni yuritish.

▪️ Elektron hukumat va davlat xizmatlari sohasida masofaviy va elektron shakldagi qulayliklar yaratish ishlarida ishtirok etish.

▪️ Veb-sayt va axborot tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan izlanishlar olib borish.

▪️ Hududlarda raqamli rivojlanish darajasini tahlil qilish va baholash.

▪️ Axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar berish. Vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarini maqsadli ishlab chiqilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish.

Ish sharoiti:

▪️ munosib ish haqi (suhbat davomida muhokama qilinadi);

▪️ barcha sharoitlarga ega shinam ofis va quvnoq jamoa;

▪️ 5/2 ish jadvali, soat 9:00 dan 18:00 gacha;

▪️ lavozim koʻtarilishi imkoniyati;

▪️ tibbiy sugʻurta.

Ish oʻrni sizni qiziqtirib qoʻydimi?

Elektron pochtaga xabar yuboring: u.xaydarov@egov.uz

Telegram: @egovuz_bot

Maʼlumot uchun telefon: +998 55-501-36-30