Muzey Arxeologiya va tarix, xalq amaliy sanʼati va etnografiyasi, yangi tarix boʻlimlaridan iborat. Bundan tashqari oʻlkamiz hayvonot va nabotot olamiga oid eksponatlar mavjud. Bu esa turizm sohasiga ixtisoslashgan Ellikqalʼa tumaniga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ortishiga xizmat qiladi.
Mazkur muzey bugungi kunda nafaqat xalqimiz tarixidan hikoya qiluvchi nodir eksponatlarni saqlaydigan, namoyish qiladigan muqaddas maskan, balki taʼlim rivojida, navqiron avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir.