ELO 2025: Oʻzbekiston terma jamoasidan tarixiy natija

    Ta'lim 12 May 2025 1487

    Shu yilning 8-12-may kunlari ingliz tili fani boʻyicha 30 ga yaqin mamlakatdan 1500 ta oʻquvchi (130 jamoa) ishtirokida tashkil etilgan nufuzli Xalqaro Ingliz tili olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk ishtirokidayoq yuqori natijalarga erishdi.

    Qayd etilishicha, Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqa yakunida eng kuchli TOP-3 jamoalar qatoridan joy oldi va xalqaro miqyosda oʻz salohiyatini namoyon etdi.

    Yakuniy natijalarga koʻra,

    Senior yoʻnalishi (11–17 yosh):

    • Bukhara Dynamos jamoasi — 2-oʻrin (jamoa hisobida 9 ta medal)
    • Mukofot jamgʻarmasi: 1500 AQSH dollar

    Junior yoʻnalishi (6–10 yosh):

    • “Little champ” (Buxoro) jamoasi — “The Best Community Work: Impact” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
    • Senior yoʻnalishi (11–17 yosh):
    • Dominion (Fargʻona) jamoasi — 150 ta jamoa orasida eng yaxshi ijodiy ishlardan biri sifatida tan olindi.

    Umumiy natijalar 9 ta kumush medal, 6 ta kubokni tashkil etdi.