Ashxobod shahrida 2025-yil 14–17-oktyabr kunlari Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetida IV Xalqaro kimyo olimpiadasi hamda kimyo fanini oʻqitish boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Musobaqada 12 ta davlatdan 260 nafaraga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti, Qarshi davlat universiteti va Osiyo xalqaro universiteti talabalari ishtirok etdi.
Natijalarga koʻra, Oʻzbekiston jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, yurtimiz professor-oʻqituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari oʻtkazildi.








