Rossiya Fanlar akademiyasi Axborot uzatish instituti molekulyar evolyutsiya sektori mudiri, professor Georgiy Bazikinning ta'kidlashicha, emlash koronavirus mutatsiyasini to'xtatishi mumkin. Uning aytishicha, epidemiya qancha keng tarqalsa, virus shuncha ko'p mutatsiyalanadi. Bu esa katta muammolarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun virus mutatsiyasi kuchayib ketmasdan aholini tezroq emlash zarur.
“Mutatsiya kasallikning og'ir kechishiga sabab bo'lishi ham mumkin. Ammo hali bunday mutatsiya borligini bilmaymiz. CHunki biz hozircha bunday ma'lumotlarga ega emasmiz. Ammo ular kelgusida paydo bo'lmasligiga ham kafolat yo'q”, deya ta'kidladi Bazikin.