Rossiya Fanlar akademiyasi Axborot uzatish instituti molekulyar evolyutsiya sektori mudiri, professor Georgiy Bazikinning ta'kidlashicha, emlash koronavirus mutatsiyasini to'xtatishi mumkin. Uning aytishicha, epidemiya qancha keng tarqalsa, virus shuncha ko'p mutatsiyalanadi. Bu esa  katta muammolarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun virus mutatsiyasi kuchayib ketmasdan aholini tezroq emlash zarur.

“Mutatsiya kasallikning og'ir kechishiga sabab bo'lishi ham mumkin. Ammo  hali bunday mutatsiya borligini bilmaymiz. CHunki biz hozircha bunday  ma'lumotlarga ega emasmiz. Ammo ular kelgusida paydo bo'lmasligiga ham kafolat yo'q”, deya ta'kidladi Bazikin.