Xoʻsh, emlash tadbirlari qaysi vaksina bilan boshlanadi? SSV Matbuot xizmatining bu savoliga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Atabekov aniqlik kiritdi:
— Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash ikkala turdagi vaksina bilan bir paytning oʻzida boshlanadi, — dedi mutaxassis. — Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgan:
Aprel oyida birinchi galda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish;
May oyida tuman markazlari va kichik shaharlar aholisini ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish;
Iyun oyida esa boshqa hududlarni ommaviy emlash tadbirlari bilan qamrab olish.
Mabodo may-iyun oylarida emlanishi rejalashtirilgan xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamida koronavirusga qarshi ertaroq emlanishga hohish paydo boʻlsa, u holda ular Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda joylashgan emlash punktlariga murojaat qilishlari va belgilangan kunda kelib emlanishlari mumkin boʻladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.