XX asr boshida butun Er yuzida 1-1.5 mlrd odam istiqomat qilar edi. SHu asr oxirida esa insonlar soni 6 mlrd dan oshdi. Tarixdagi biror asrda inson soni bunchalik tez ya'ni 5 barobarga oshmagan. Bunga sabab qilib tibbiyotning rivojlanishi, ayniqsa vaktsinani kashf qilinishi va uni rivojlanishini ko'rsatish mumkin. 2-jahon urishi vaqtida tuberkulez (sil) bilan og'rigan bemorlarning har 7-si vafot etgan.

Har yili 1 milliondan ortiqroq emizikli bolalar pnevmokokli infektsiyalardan va rotavirus diareyasidan halok bo'lmoqdalar. Qizamiqdan umumjahon o'lim miqdori 2000 -2010 yillarda 74 foizga kamaydi. Butun jaxon sog'liqni saqlash tashkilotining Evropa byurosi xozirgi vaktsinatsiya oqibatida xar yili 3 million bola xayoti saqlanib qolinishini ta'kidladi.

YAqin yillardagi yangi vaktsinalar oqibatida esa yuqoridagi ko'rsatgich 8 milliongacha borishi aytilgan