Endi akademik taʼtil olgan talabalar oʻqishni “sirtqi”, “kechki”, “onlayn” shakllarga oʻzgartirishi va davom ettirishi mumkin boʻladi

    Ta'lim 23 Avgust 2021 4791

    Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

    – Qaromogʻida/xonadonida bemorga qarashi lozim boʻlgan talabalar;

    – sogʻligi tufayli oʻqishga kelish imkoniyati boʻlmagan talabalar;

    – sogʻligiga koʻra uyda qolishi kerak boʻlgan xomilador ayol talabalar;

    – chaqalogʻi bor yosh talaba onalar;

    – xarbiy xizmatni oʻtamoqchi boʻlgan talabalar va boshqa asosli sabab koʻrsatgan talabalar akademik taʼtil olishlari mumkin boʻladi.

    Oʻtgan davrdagi akademik taʼtildan xozirgisining farqi talaba oʻqishdan chetlatilmaydi.

    Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik taʼtil olishga sabab boʻlgan omilni koʻrsatgan holda ariza yozadi va maʼlumotnoma (spravka) taqdim qiladi.