баннер
25 Mar 2025
00:21

    Endi bank, aeroport, vokzal yoki notariusga passport koʻtarib borish shart emas

    2025-yilning 1-iyulidan boshlab my.gov.uz portalidagi raqamli servislar orqali hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish mumkin.

    Koʻpchilikning vaqtini olib, asabini buzadigan jarayonlardan biri – bu turli hujjatlarni yigʻish va ularni doim oʻzi bilan olib yurishdir. Hujjatlarni uyda unutib qoldirish esa koʻpgina noqulayliklarga olib kelishi mumkin.

    Endilikda bu muammoga yechim bor!

    2025-yilning 1-iyulidan boshlab my.gov.uz portalidagi raqamli servislar orqali hujjatlarni elektron shaklda taqdim etsangiz boʻladi. Bu degani, endi siz bilan doim birga yuradigan smartfoningiz yordamida istalgan vaqtda kerakli hujjatni koʻrsata olasiz!

    Raqamli servislardan Bank xizmatlarida, Notarial idoralarga murojaat qilganda, Aeroportlarda ichki reyslarni roʻyxatdan oʻtkazishda, Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi poyezdlarga chiqishda, Davlat, korporativ va boshqa xizmatlarda foydalanishingiz mumkin.

    Ushbu imkoniyat vaqtni tejash, hujjatlarni yoʻqotish yoki shaxsga doir maʼlumotlarning tarqalish xavfini kamaytirib, jarayonlarni soddalashtiradi va tezlashtirish kabi qator qulayliklarni yaratadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech