Buning uchun my.gov.uz portali orqali «Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish“ xizmatiga kiriladi va «Yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash” boʻlimini tanlab, ariza yuboriladi.
Maʼlum qilinishicha, xizmat narxi 370 800 soʻm (0.9 BHM).
Agar guvohnomani koʻrsatilgan manzilga pochta orqali yetkazib berilishi uchun qoʻshimcha 25 000 soʻm toʻlov qilinadi.
Xizmat koʻrsatish muddati — 1 ish kuni boʻlib, pochta orqali yetkazib berish bilan birga, jami 3 ish kuni ichida yangi guvohnoma murojaatchining qoʻliga yetib boradi.
Eslatilishicha, haydovchilik guvohnoma haqidagi maʼlumotlar tizimda tasdiqlanmasa va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning arizasi rad etiladi.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 131 va 136-moddalari boʻyicha maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa ham ariza rad etiladi.








