«O'zbekiston pochtasi» AJ bosh direktori Alisher Fayzullaev tizimdagi muammolar va uni rivojlantirish istiqbollariga to'xtaldi.

— Pochta tizimida oyliklar mamlakatdagi o'rtacha oylik maoshdan ikki barobar kam. YOsh, ilg'or kadrlarni olib kelib ishlataylik desak, oylik kam. O'zimizni o'zimiz mablag' bilan qoplayapmiz. «Oborot» mablag'lar etishmovchiligi bor, tahririyatlar oldida qarzdorlik bor. Hozir oyliklarni, soliqlarni vaqtida to'layapmiz. O'tgan yili zararsiz chiqdik. Bu yil ham foyda bilan chiqish ko'zda tutilgan. Lekin bular etarlimi? Yo'q, etarli emas.

Davlatimiz rahbari aytdilarki, pochtani rivojlantirsa, nafaqat daromadli sohaga aylanadi, balki buning negizida qishloq hududlarida yangi ishchi o'rinlar yaratsa bo'ladi, qancha odamni jalb qilsa bo'ladi. Hududlarni rivojlantirishda bevosita pochtaning ishtirokini ta'minlasa bo'ladi.

Gazeta etkazish — bu ma'rifat, ma'naviyat etkazib berish demak. O'n kundan keyin, bir oydan keyin qo'lga etib borgan gazeta hech kimga kerak emas. Vaqtida etkazib berish kerak, bu dolzarb masala. Bu sohada ham o'zgarishlar bo'lishi rejalashtirilgan, markazlashtirilgan tizim bo'ladi.

Pochta, shuningdek, matbaa nashrlari 3 ta hududga: Termiz, Urganch va Nukusga samolyotda etkaziladi. Qolgan viloyatlarga mashinada etkaziladi, kechasi chiqib ketadi, ertalab boradi. Kelgan pochta keyin tuman markaziga peshingacha etib boradi. Tuman markazidan aloqa bo'limiga olib borib, egasining qo'liga etkazilgunicha ertasi kuni bo'lib ketishi mumkin. endi biz hozir tuman markazidan to'g'ridan-to'g'ri etkazib berishni rejalashtirganmiz.

SHahar joylarida avtomatik pochtomat qurilmalarini joriy etish ko'zda tutilgan. Oldin qanaqa bo'lardi, eshigimizning tagida yoki 9 qavatli «dom»ning «pod'ezd»ida pochta qutisi bo'lardi, gazetani shuning ichiga solib ketardi. Hozir ko'p qavatli uylarda pochta qutisi ham yo'q. To'qqizinchi qavatgacha chiqadi, eshigingizni taqillatadi, hech kim ochmagandan keyin qaytib ketadi. YOki eshigingiz tagiga qo'yib ketsa, birov ko'tarib ketib qoladi.

Pochtomat qurilmasi pochta qutisidan farq qiladi, chunki katta kur`erlik jo'natmalariga ham moslashtirilgan. Maxsus parollar bilan ochib, olish imkoni bo'ladi, — dedi Alisher Fayzullaev.

— «O'zbekiston pochtasi» AJ veb-saytida onlayn obuna bo'lish imkoni yaratilgan, — "O'zbekiston pochtasi" AJ "Matbuot tarqatish" filiali direktori Ozodbek Hojiev. — "Payme" to'lov tizimi orqali masofadan turib to'lovni amalga oshirish ham mumkin. 

Hozirgi kunda etkazib berishni tezlashtirish maqsadida markazlashgan holda obunachining manziliga etkazib berishni takomillashtirish bo'yicha turli transport vositalari, xususan, elektroskuterlar hamda velosipedlardan foydalanish rejalashtirilgan. 

Ushbu tajriba ayni paytda Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlarida sinovdan o'tkazilmoqda. 2021 yildan boshlab butun Respublika bo'ylab shunday tartibda etkaziladi.