Qonunga ko'ra, endilikda qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lgan iste'molchilarga qisqa xabar (sms) yuboriladi. SHundan so'ng mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar iste'molchidan elektr energiyasi uchun to'lovlarni qabul qilish vaqtinchalik cheklanadi. Bunda xizmat ko'rsatuvchi tuzilmalar to'lovlarni hisob-kitob qilishning ishonchli hamda to'g'riligini ta'minlashga mas'ul bo'ladi.

Qonunga ko'ra qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud bo'lgan iste'molchilar uni bartaraf etsa, elektr energiyasi uchun to'lovlardagi vaqtinchalik cheklashlar avtomatik ravishda bekor qilinadi.