Unga koʻra, Agentlik hamda vazirlik davlat organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, barcha tashkilotlarda mehnat unumdorligini oshirishda sportning muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikning asosi ekanini targʻibot va tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlarni oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Memorandum bilan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi hamda uning ijrosi yuzasidan monitoring olib borishga kelishildi. Demak, ushbu Memorandum shunchaki qogʻozda qolib ketmaydi, balki u davlat xizmatchilarining salomatligini mustahkamlash va taʼminlash borasida koʻmakchiga aylanadi.