Endi dronlar musobaqasi bo'yicha "Vazir kubogi" o'tkaziladi

    Shu yilning 1 iyun kuni Toshkent davlat Transport universitetida "Drone Racing", "Robotlar jangi", "UUA loyihalash", "Havo jangi" musobaqalari tashkil etildi.

    Universitetda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Muhandislik oyligi" doirasida "Drone Racing", "Robotlar jangi", "UUA loyihalash", "Havo jangi" musobaqalari tashkil etildi.

    Musobaqa g'oliblarini taqdirlash marosimida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qong'irotboy Sharipov ishtirok etib, talabalarga o'z tilaklarini bildirdi.

    – Mazkur sohadagi musobaqalar yurtimizda etuk muhandis kadrlar etishtirishda alohida o'ringa ega. 2024-2025-o'quv yilidan boshlab, "Vazir kubogi" tizimli musobaqalari tashkil etiladi, – dedi Qong'irotboy Sharipov.

    Bunday musobaqalar o‘sib kelayotgan yosh avlodning iqtidorini yuzaga chiqarishga xizmat qilibgina qolmay, balki dunyo yoshlari bilan raqobat qila olish imkoniyatini beradi.