Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi oʻquv seminarda maʼlum qilindi.
Tadbirda qator yangiliklar haqida maʼlumot berildi.
Jumladan, yangi oʻquv yilidan “bogʻcha – maktab – oliy taʼlim” tizimida yagona gʻoyaviy tarbiya tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul rahbar va pedagoglarni ragʻbatlantirish maqsadida har oʻquv yilida “Milliy qadriyatlar targʻibotchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi.
Tanlov gʻoliblarini munosib ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyiladi.
Taʼkidlanishicha, barcha taʼlim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni tashkil etiladigan “Kelajak soati” darslari uchun zarur qoʻllanmalar milliytarbiya.uz platformasi orqali yetkaziladi.








