Unga koʻra, Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan taʼtil davomiyligini belgilash tartibini va xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish chogʻida shaxsning pasporti yoki ID-kartasini, mehnat va pensiya daftarchasiga oid maʼlumotlarni talab qilmasdan, mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali soʻrab olish belgilandi.
Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan boʻshatishga taqiq joriy etilmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.