Vaholanki, bu orqali mahallalarda 20 mingta ish oʻrni yaratish va ijaradan yiliga 150-200 milliard soʻm qoʻshimcha daromad topish mumkin.
Endi koʻp qavatli uylar yertoʻlasi va boʻsh joylarini ijaraga berishni yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:
- yertoʻla va boʻsh maydonlar haqida maʼlumotlar raqamlashtirilib, “Mening uyim” tizimiga bogʻlanadi hamda aholi va tashabbuskorlarga ochiq eʼlon qilinadi;
- ijara toʻlovlari faqat “Mening uyim” platformasi orqali hisob-kitob qilinadi va aholi uchun ochiq boʻladi.
Bundan tashqari, kompleks rahbariyatiga avariya holatidagi uylarni renovatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.