Endi mamlakatimizdagi iPhone foydalanuvchilarida ham 5G ishlatish imkoniyati paydo boʻldi

    Ancha vaqtdan beri Apple vakillari bilan Uztelecom va sohamiz tomonidan olib borilayotgan muzokaralar oʻz natijalarini berishni boshladi, deb yozadi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov oʻzining telegram kanalida.

    Albatta parallel ravishda Uztelecom tomonidan tarmoqni modernizatsiya qilish boʻyicha juda katta ish boshlangan. Bu nafaqat 5G tarmogʻini yaratish, balki 4G tarmogʻidagi talab oshgan hududlardagi antennalarni modernizatsiya qilish hamda qamrovni kengaytirishni ham nazarda tutadi.

    Aholimiz tomonidan internetga talab juda tezlik bilan oʻsib bormoqda, shuning uchun barcha operatorlarimiz doimiy ravishda tarmoqni rivojlantirishga investitsiya kiritib borishlari zarur.