O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan “endi men ham tadbirkorman” loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida Navoiy viloyatining Uchquduq va Konimex tuman yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarning biznes g'oyalari tinglandi. SHuningdek, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

O'zbekiston aholisining soni 35 millionga yaqin. Ularning 17 milliondan ortig'ini yoshlar tashkil etadi. Shu bois yoshlar masalalariga davlat siyosati darajasidagi e'tibor yigit-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ularning ijtimoiy faoliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, har jihatdan yetuk, jismonan sog'lom, intellektual salohiyatli, ma'nan barkamol ulg'ayishi uchun, shuningdek, yoshlarni qilgan mehnati, erishgan yutuqlariga yarasha rag'batlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ikkinchi bosqichda eng yaxshi biznes g'oya egalari saralanadi. Bundan ko'zlangan maqsad esa, ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj va tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarni bepul ta'lim olishlari uchun Federatsiya tomonidan ko'mak ajratilishi rejalashtirilgan.